

- O'yin haqida fikringiz?
- "Surxon" yaxshi jamoa ekanini va e'tiborni to'p nazoratiga qaratishini bilardik. Tezkor gol bizga foyda keltirdi. Birinchi taym oxirlarida ham qarshi hujumdan gol urishimiz mumkin edi. Ikkinchi taymda maydonda bir kishi kam bo'lib qoldik, o'yinchimiz chetlatildi, shundan so'ng raqib ko'proq bosim o'tkaza boshladi. Biz esa oxirigacha turib bera oldik va safarda muhim uch ochkoni qo'lga kiritdik. Buning uchun yigitlarga rahmat, hammani g'alaba bilan tabriklayman.
- Bugun Raul Jeparov bizningcha yaxshi o'ynadi. Bu borada sizning fikringiz qanday?
- Menimcha ham yaxshi harakat qildi. Bu yoshdagi o'yinidan kelib chiqsak yaxshi. Faqat biroz toliqib qoldi.
- G'alabali seriya davom etmoqda. Jamoa o'z o'yinini topib oldi deb aytsa bo'ladimi?
- Aniq bir nima deyishim qiyin. Hali oldinda uchrashuvlar ko'p. Bizda esa jarohatlar bor. Qolaversa bugun tushunarsiz vaziyatda futbolchimiz qizil kartochka oldi. Unga nechta o'yin berilishini bilmayman. Yo'qotilgan ochkolarni qaytarishga harakat qilamiz.
- Aziz Amonovning yo'qli haqida
- U jarohati sabab o'ynay olmadi, menimcha Aziz bir oy maydonga tusha olmaydi.
- Agar "Dinamo" keyingi turda "Qo'qon-1912"ni mag'lub etsa ancha yuqoriga ko'tarilib oladi.
- Hali oldinda o'yinlar ko'p. Hamma o'yinlarni yutsak chempion ham bo'lib ketamiz. Biz o'yindan o'yinga harakat qilyapmiz. Bugun ob-havo yaxshi bo'ldi, ancha salqin tushdi. Muxlislar ko'proq kelsin deymiz, o'z navbatida biz ham ularni xursand qilishga harakat qilamiz.
- Jahongir O'rozovning transferi borasida yangilik bormi?
- To'p hozircha "Rubin" tomonda va ular vaziyatni o'rganib chiqishyapti. Agar kelishuv amalga oshsa futbolchi ketadi, yo'qsa o'zimizda qoladi. Klubimizdagi moliyaviy holatga keladigan bo'lsak, hamon yangilik yo'q, hammasi eskiligicha qolyapti.
- Jamoa sardori Anvar Hojimirzaev bu mavsumni yaxshi o'tkazyapti. Hozircha uning hisobida 11ta gol bor.
- Yil boshidagi yig'in payti adashmasam bizdan besh yo olti nafar futbolchi terma jamoa bilan birgalikda edi. Lekin keyinchalik Anvar Jahon chempionatiga bora olmadi va bu ham unga ta’sir qildi. Ammo u ishlashdan to'xtab qolgani yo'q, mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilyapti, bir so'z bilan aytganda professional.



