Toshev: "Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin bekor qilindi, Rossiya bilan bahsni Kannavaro qo'llab-quvvatladi"

Administrator
20 okt 2026, 20:39
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar bo'limi boshlig'i Usmon Toshev milliy terma jamoa bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish g'oyasini maqullaganini ma'lum qildi.

Uchrashuv 12 noyabr kuni Toshkentdagi "Paxtakor" markaziy stadionida bo'lib o'tadi.

- Biz O'zbekiston va Rossiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni FIFA bilan kelishib oldik. Ushbu uchrashuv uchun jamoalarimizga FIFA reytingida ochkolar hisoblanadi.

Bosh murabbiyimiz Kannavaro ushbu o'yin g'oyasini qo'llab-quvvatladi. Ar-Riyoda Saudiya Arabistoniga qarshi o'yin bekor qilinganidan so'ng, xalqaro bo'lim unga Toshkentda Rossiya terma jamoasi bilan o'yin o'tkazishni taklif qildi. Fabio darhol rozi bo'ldi. Ikkala jamoadan ham yaxshi o'yin kutib qolamiz! - dedi Toshev Sport24 muxbiri Vladislav Shapiro bilan suhbatda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Sport24.ru