

19 yoshli futbolchi 25 oktyabr kuni La Liganing 10-turi doirasida "Real"ga qarshi kechgan bahsda (1:2) raqib o'yinchisi bilan to'qnashuv oqibatida shikastlandi. Espart birinchi bo'limda maydonga o'tirib, almashtirishni so'radi - u madridliklar yarim himoyachisi Orelen Tchuameni bilan to'qnashuvda jarohat olgan deb taxmin qilingandi. 30-daqiqada uning o'rniga maydonga Aleks Balde tushdi.
"Tibbiy ko'riklar Xavi Espartning “Real Madrid”ga qarshi o'yinda raqib futbolchisi bilan to'qnashuv natijasida o'ng to'piq bo'g'imi sindesmozidan jarohat olganini tasdiqladi. U taxminan 7 haftani o'tkazib yuborishi kutilmoqda", – deyiladi xabarda.
Sindesmoz - bu ikki suyak zich tolali biriktiruvchi to'qima orqali bir-biriga birikkan bo'g'im.
Espart joriy mavsum barcha turnirlarda (La Liga va Chempionlar Ligasi) 9 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



