

"Sky Sports" ma'lumotiga ko'ra, "Siti" rahbariyati Savinoning xohishidan xabardor, ammo 22 yoshli braziliyalik futbolchi o'tgan yozdagina yangi shartnoma imzolagan, shu sababli arzonga tushmaydi.
"Tottenxem" allaqachon Savinoni sotib olish ustida ishlamoqda, ammo hozircha futbolchi bo'yicha o'z taklifini bildirmagan. Uning sotilishi "Siti"ga taxminan 60 million funt olib kelishi mumkin.
Ayni damda Savino Enco Mareska jamoasi bilan mavsumlararo turneda ishtirok etmoqda va Premer-ligada unga imkoniyat bergan klubga bo'lgan hurmati sababli professional bo'lib qolishga harakat qilmoqda.



