

"Xudoga shukur g'alaba qozondik. Juda kerakli va muhim 3 ochko edi. Oxirgi daqiqada to'p kiritdik. Umuman olganda juda qiyin o'yin bo'ldi deya olaman. Vaziyatlarimizdan foydalana olmaganimiz uchun qiynaldik", - deydi Bobir Abdixoliqov.
- "Qizilqum" jamoasi ikkala bo'limda ham himoyada o'ynadi. Bu hujumchilar uchun qanchalik muammo tug'dirdi?
- Albatta, ular birinchi bo'limda himoyaga ko'proq e'tibor qaratdi. Bizda imkoniyatlar kamroq bo'ldi. Ikkinchi bo'limdagi vaziyatlarimizning bittasidan foydalandik. Ertaroq gol urganimizda o'yinni ilgariroq hal qilar edik.
- Oxirgi o'yinlarda sizni ko'proq qanotda ko'ryapmiz. Bu murabbiy ko'rsatmasimi?
- Ha, bu bosh murabbiyimizning ko'rsatmasi.



