FIFA prezidenti Infantino JCH-2026 shaniga aytilgan tanqidlarga javob qaytardi

28 iyul 2026, 07:50
FIFA prezidenti Djanni Infantino 2026 yilgi jahon chempionati shaniga aytilgan tanqidlarga javob qaytarib, nafrat tarqatmaslikka chaqirdi.

Ajoyib o'yinimizni, his-tuyg'ularni, bayramlarni,yosh to'kish va quvonchni o'tkazib yuborganlarning barchasiga murojaat qilaman. Futbol atrofida bolalar, go'daklar, ota-onalar, bobo va buvilar birlashganini o'tkazib yuborganlarning barchasiga. O'yinlar yakunlangani uchun, butun ushbu quvonch va jipslikni o'tkazib yuborganingiz uchun uzr so'rayman. Nafrat va tanqidga shunchalik berilib ketganingiz sabab bularning barini o'tkazib yuborganingiz uchun kechirim so'rayman.

Qalam va qog'ozlari, ekranlari qarshisida o'tirib, nafrat va yolg'on mish-mishlarni tarqatayotganlarga aytmoqchiman: siz chetda o'tirgan bir paytda, biz FIFAda eng oldingi safdamiz, tashkillashtirmoqdamiz, jon kuydirib mehnat qilmoqdamiz va dunyodagi eng yaxshi shouni o'tkazmoqdamiz. Siz yashiringan bir paytda, biz Kanada, Meksika va Qo'shma Shtatlar ko'chalarini kezib, muxlislar bilan muloqot qilmoqdamiz, odamlar bilan aloqa o'rnatmoqdamiz va har bir insonning xavfsizligini taminlamoqdamiz. Siz bo'layotgan bir paytda, biz birlashtirmoqdamiz. Odamlar oilalari bilan, muxlis sifatida, yagona bir butunlik sifatida jipslashdilar.

Ushbu jahon chempionati insoniyatning eng yaxshi fazilatlarini ulug'ladi. Biz kichik mamlakatlar terma jamoalari eng nufuzli o'yinlarda faxr bilan o'ynaganiga guvoh bo'ldik. Ular o'zlariga ishongan holda, professionallardek harakat qilishdi va o'z mamlakatlarini faxrlanishga majbur etdilar. Eng muhimi - ular qayerdan bo'lishidan qati nazar, har bir inson dunyoning bir qismi bo'lishi va o'yinda muvaffaqiyatga erishishi mumkinligiga umid bag'ishlashdi. Biz hammamiz tengmiz - muxlislar ham, o'yinchilar ham, shunchaki odamlar ham. Biz FIFAda ushbu sevgi, quvonch va birdamlik lahzalarini kuzatib, cheksiz faxr va hayajonni his etmoqdamiz.

Bizga nafrat sochish uchun o'z vaqti va kuchini sarflayotganlar, iltimos, bir daqiqa xayolga toling, meditaciya qiling, duo qiling yoki shunchaki o'yinni tomosha qilib, insonlarning yuzlariga, ko'zlariga, his-tuyg'ulariga boqing. Chunki faqatgina bizning ajoyib o'yinimiz hamma bir butun bo'ladigan va qayta birlashadigan bunday favqulodda shouni yarata olishi mumkin.

Nihoyat, men FIFA prezidenti sifatida, kichik bo'lsa-da, ushbu shouga o'z hissamni qo'shganimdan cheksiz faxrlanaman. Bu juda ajoyib tuyg'u! Barchaga katta muhabbat bilan", - deyiladi Infantinoning FIFA rasmiy saytidagi murojaatida.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com