UEFA davo arizasi bilan chiqsa, FIFA Infantinoning sud xarajatlarini qoplaydi

Sherzod Nurmatov
3 sen 2026, 11:40
Agar UEFA tashkilot prezidenti Janni Infantinoga qarshi sudga davo arizasi bilan chiqsa, FIFA uning sud xarajatlarini to'lab berishi mumkin.

Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, FIFA Infantinoning sud jarayonidagi xarajatlarini qoplashga tayyor, chunki u tashkilot prezidenti sifatida uning nomidan harakat qilgan.

27 avgust kuni UEFA Infantinoga bo'lgan ishonch yo'qolganini va jahon futboli rahbariyatini almashtirish zarurligini ma'lum qildi. Tashkilot, shuningdek, agar funkcioner yangi muddatga o'z nomzodini ilgari sursa, boshqa konfederatsiyalar bilan birga muqobil nomzod chiqishiga erishishini bildirdi. Keyinroq “Sky News” telekanali UEFA Shveytsariyada Infantinoga nisbatan jinoiy ish qo'zg'atishga harakat qilmoqchi ekani haqida xabar berdi.

Avvalroq FIFA xususiy investorlarga yangi FIFA Forward Enterprise (FFE) tuzilmasining 20 foizga yaqin akciyalarini sotish orqali 4,2 milliard dollar jalb etishni rejalashtirgan edi. Ushbu tuzilmaga tashkilotning media va tijoriy huquqlarini, jumladan, Jahon chempionatlari huquqlarini topshirish ko'zda tutilgandi. UEFAning FIFA turnirlarini boykot qilish bilan tahdid qilganidan so'ng Infantino tijoriy huquqlarning bir qismini sotish rejasidan voz kechilganini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC