

Timur Kapadze boshchiligidagi "Navbahor" jamoasi o'z maydonida Toshkentning "Lokomotiv" jamoasini qabul qiladi. Jamoalar shu kunga qadar Namanganda 20 marotaba to'qnash kelgan, 11 ta o'yinda mezbonlar, 6 ta bahsda mehmonlar 3 ochkoga ega chiqqan bo'lsa, 3 ta bellashuvda durangga imzo chekilgan.
"Temiryo'lchilar" oxirgi marotaba raqibini safarda 2019 yil mag'lub etishga muvaffaq bo'lgan va "Navbahor"ga so'nggi bor o'sha bahsda gol urgan. Keyingi ketma-ket 4 ta qarama-qarshilikda "lochinlar" ustun kelgan
05.05.2024. "Navbahor" - "Lokomotiv" 4:0
27.05.2022. "Navbahor" - "Lokomotiv" 2:0
15.08.2021. "Navbahor" - "Lokomotiv" 1:0
06.03.2020. "Navbahor" - "Lokomotiv" 2:0
27.11.2019. "Navbahor" - "Lokomotiv" 0:1
Ma'lumot uchun, bugungi o'yin soat 19:00 da boshlanadi.



