"Neftchi"ning Qarshidagi so'nggi mogikani - Izzatilla Abdullaev

Iskandarov Abdulaziz
4 sen 2026, 12:45
Chempionatda yetakchi bo'lib turgan "Neftchi" "Nasaf" maydoniga safar qiladi.

Ikki klub bunga qadar 27 bor Qarshida uchrashishgan. Statistika shuni ko'rsatmoqdaki, bu o'yinlarning 18 tasida "ajdarlar", 7 tasida farg'onaliklar zafar quchgan, 2 tasida g'olib aniqlanmagan.

"Neftchi" oxirgi bor 2022 yil Qarshida "Nasaf"ga gol urgan va ortga 3 ochko bilan qaytgan. Bu golga Izzatilla Abdullaev mualliflik qilgan.

"Nasaf" – "Neftchi" 0:1

2022 yil 7 noyabr. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 18:30

Hakamlar: Rahimbek Karimov, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Sultonmurod Abdurahmonov

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Ruslan Serazitdinov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Sherzod Rajabov

Gol: Izzatilla Abdullaev 85, - 0:1 (Umar Adhamzoda)

"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 2.Alibek Davronov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 8.Dilshod Saitov, 9.Ivan Solovyov, 19.Mateus Lima Krus, 22.Akmal Mozgovoy, 34.Sherzod Nasrullaev, Oybek Bozorov, 92.Umar Eshmurodov.

Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 6.Murodbek Rahmatov, 7.Sharof Muhitdinov, 10.Husayn Norchaev, 14.Alen Masovich, 17.Suhrob Nurulloev, 18.Bahrom Abdurahimov, 23.Sardor Sadullaev, 27.Zafarmurod Abdirahmatov.

"Neftchi": 45.Akbar To'raev, 4.Andrey Mishchenko, 9.Sunnatulloh Abdullajonov, 13.Lutfulla To'raev, 19.Mirzohid G'ofurov, 21.Muhsinjon Ubaydullaev, 22.Umar Adhamzoda, 26.Oleksey Larin, 46.Shahzod Ubaydullaev, 70.Abbosjon G'ulomov, 99.Ulug'bek Hoshimov.

Zaxira: 69.Evgeniy Konyuxov, 44.Darko Stanoevich, 24.Rahmonjon Ro'ziev, 88.Doniyor Valiev, 20.Salamat Qutiboev, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 11.Izzatilla Abdullaev, 76.Fahriddin Muhammadov.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia