Platini Infantino haqida: "Janni ketishi kerak - u futbol qoidalarining kafili bo'la turib, ularga rioya qilmadi"

Aslanov Jasurbek
31 avg 2026, 22:24
UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini Djanni Infantinoni FIFAdagi lavozimini tark etishga chaqirdi.

Avvalroq FIFA prezidenti Jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish loyihasi fonida tanqidga uchragan edi. U UEFA boykoti va boshqa tashkilotlarning tanqidlari ortidan ushbu g'oyadan voz kechdi.

"Iqtisodiy masalalar - bu bir tomoni, lekin mening fikrimcha, Infantino futbol qoidalarining kafili bo'la turib, ularga rioya qilmagani uchun muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

[Jahon chempionatidagi] reklama tanaffuslari reglamentda ko'rsatilmagan, finaldagi 30 daqiqalik tanaffus reglamentda ko'rsatilmagan, [Balogun]ning qizil kartochkasi esa - eng yomonidir. U [qoidalar] kafili, ammo ularga rioya qilmayapti, u ketishi kerak.

Bu sport organlari orqali hal bo'lmaydi, uni lavozimidan olishmaydi. Fikrimcha, agar UEFA Infantinoni ag'darmoqchi bo'lsa, bu sud orqali amalga oshadi.

Men uning pul va hokimiyatni yaxshi ko'rishini hamisha bilardim. U mening hafsalamni pir qilgani yo'q, ammo vaziyatdan foydalanib qoldi. Lekin endi, butun dunyo bo'ylab unga nisbatan ko'plab surishtiruvlar o'tkazilayotgan bir paytda, uning bazi narsalardan xabardor bo'lgani haqida mish-mishlar yuribdi. Davomi bor", – dedi Platini.

Iyun oyida Fransiya terma jamoasining sobiq o'yinchisi Infantinoga qarshi "tuhmat" va "ta’sir savdosi" bo'yicha davo arizasi kiritgan edi. Platini ilgari FIFA prezidentligi lavozimiga da'vogarlik qilgan, ammo firibgarlikda ayblanib chetlatilgan edi. Bu ish bo'yicha yakuniy oqlov hukmi 2025 yilning avgustida Shveytsariyada chiqarilgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France 24