

31 yoshli italiyalik futbolchi Qatarning "Al Sadd" klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali ushbu bitimni 3 million evroga baholadi.

Romanoli 2022 yil "Milan"dan "Lacio"ga o'tgan. Rimliklar tarkibida u 161 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan va 2 ta golga assistentlik qilgan.



