"Real" yuqori darajada bo'lishi kerak, aks holda g'alaba qozona olmaydi". Mourinyu - "Betis"ga qarshi o'yin haqida

4 sen 2026, 10:55
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Ispaniya La Ligasining 4-turidan o'rin olgan "Betis"ga qarshi bo'lajak o'yin haqida o'z fikrlarini bildirdi.

"Real" yuqori darajada bo'lishi kerak, aks holda g'alaba qozona olmaydi. "Betis" - juda yaxshi jamoa. "Real"ning ushbu stadiondagi oxirgi natijalari hamma narsani aytib turibdi. U yerda g'alaba qozonish qiyin va buning uchun eng yaxshi sport formasida bo'lish kerak, boshqa yo'li yo'q", - deydi Mourinyuning so'zlarini "qaymoqranglilar" matbuot xizmati klub rasmiy saytida.

Ispaniya La Ligasining 4-turidan o'rin olgan madridliklarning "Betis"ga qarshi o'yini 4 sentyabr kuni Sevilyada bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar