

Kecha 39 yoshli Messi milliy terma jamoadagi faoliyatiga nuqta qo'yganini ma'lum qildi.
"Lionel Messini millionlab insonlarni ilhomlantirgan va ushbu go'zal o'yinni qayta kashf etgan yorqin xalqaro faoliyati bilan tabriklayman. 2022 yilgi jahon chempioni, Argentina terma jamoasi safida o'yinlar va gollar soni bo'yicha, shuningdek, Jahon chempionatlarida maydonga tushish bo'yicha mutlaq rekordchi - sening sehrli istedoding va kamtarliging doimo yodda qoladi.
Argentina terma jamoasi libosidagi barcha unutilmas lahzalar hamda sayyoramizning barcha burchaklaridagi muxlislarni birlashtirganing uchun tashakkur. Safaringning keyingi bosqichida senga eng ezgu tilaklarimni bildiraman", – deb yozdi Infantino.



