"U bundan ko'prog'iga munosib edi". Ronalduning opasi muxlisning murojaatini bo'lishib, futbolchini qo'llab-quvvatladi

1 okt 2026, 10:10
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Elma Aveyru futbolchini qo'llab-quvvatlovchi postni o'z sahifasida joylashtirdi.

Elma Aveyru ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida muxlis tomonidan Portugaliya terma jamoasi sardoriga yo'llangan murojaatni e'lon qildi.

"CR7 yanada kattaroq hurmatga loyiq edi. Terma jamoada tartib-intizom, portugaliyalik jurnalistlarda esa kompetentlik va mish-mishlarni tarqatishda vazminlik yetishmadi. Muxlislarga kelsak... ular qo'llarida bor narsaning qadriga yetmaydilar. Jamiyatda hasad va mensimaslik juda ko'p - va bu narsa Portugaliyani CR7 davridan oldingi futboldagi o'sha o'rtamiyonalikka qaytarmoqda. Hammasi uchun rahmat, CR7! Sen bundan ko'prog'iga munosib eding!" - deyiladi xabarda.

O'xshash yangiliklar