Ronaldu Jezushning so'zlaridan so'ng Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etmoqda. Hujumchining samolyoti uni olib ketish uchun Daniyaga uchib ketdi

Aslanov Jasurbek
30 sen 2026, 23:45
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi ixtiyorini tark etmoqda.

A Bola xabariga ko'ra, jamoa sardori ertaga Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi o'yin bo'lib o'tishi kerak bo'lgan Kopengagendagi "Parken" stadionini tark etgan. Uning terma jamoadagi sheriklari bu vaqtda mashg'ulot o'tkazilayotgan maydonda edi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Ronalduning shaxsiy samolyoti yaqin soatlarda Madriddan Daniya poytaxti tomon uchib keladi va orqaga Ispaniyaga qaytib ketadi. Marca nashrining qo'shimcha qilishicha, Krishtianu terma jamoa ixtiyorini tark etadi.

Eslatib o'tamiz, 41 yoshli Ronaldu Norvegiyaga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushirilmaganidan norozi bo'lgan edi. O'yindan so'ng Ronaldu va bosh murabbiy Jorje Jezush o'rtasida suhbat bo'lib o'tgan va xabar berilishicha, tomonlar vaziyatni hal qilishgan edi.

Bugun Jezush Ronaldu Daniyaga qarshi o'yinda ham maydonga tushmasligi mumkinligini ma'lum qildi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: A Bola