

Ammo ularning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi, portugaliyaliklar sardori samolyotga o'tirdi va Daniyani tark etdi, deb xabar beradi Marca.
Ronaldu bo'lgan samolyot Ispaniya vaqti bilan soat 22:15 larda Daniya poytaxtiga qo'ndi, soat 23:35 da esa yana Madridga uchib ketdi. Futbolchi jamoadoshlarini qoldirib, terma jamoa qarorgohini tark etdi.
Jezush va Proensa 41 yoshli forvardni boshqa chaqirilgan o'yinchilar bilan birga Kopengagenda qolishga so'nggi bor ko'ndirish maqsadida uning ortidan aeroportga yo'l olishgan edi. Biroq Ronaldu o'z qarorini o'zgartirmadi, samolyotga o'tirdi va Daniyadan uchib ketdi.
Avvalroq Ronaldu bosh murabbiy Jorje Jezushning hech qanday nizo yo'qligi haqidagi bayonotlariga qaramay, milliy terma jamoa mashg'ulotini tark etgan edi. Forvard terma jamoa qarorgohidan ketish bo'yicha qaror qabul qildi va bunga izoh berdi. Bir qator Portugaliya OAVlari Ronalduning milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlash istagi haqida xabar berishdi.



