Buyuk Britaniya sport vaziri "Manchester Siti" uchun eng yomon oqibatlarni istisno etmayapti

Sherzod Nurmatov
1 okt 2026, 13:05
Buyuk Britaniya madaniyat va sport vaziri Liza Nendi APL mustaqil komissiyasining "Manchester Siti" tomonidan moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzish ishi bo'yicha qaroriga munosabat bildirib, "shaharliklar" uchun eng og'ir jazo chorasini istisno qilmadi.

Nendi ushbu masalada "Manchester Siti"ni quyi ligaga tushirib yuborish kabi jazoni istisno qilib bo'lmasligini ta'kidladi, chunki liganing nufuzi aynan shunga bog'liq. Shuningdek, qoidalar aniq va izchil bo'lishi lozim:

"Aytishim mumkinki, eng og'ir jazo chorasi haqiqatan ham juda jiddiy. Nazarda tutayotganim shuki, agar bunday turdagi ayblovlar o'z tasdig'ini topsa, klub Premer-ligadan chetlatilishi mumkin, bu esa, tabiiyki, barcha uchun ulkan oqibatlarni keltirib chiqaradi.

Shu sababli ko'zda tutilgan sankciyalar juda og'ir, mening fikrimcha, bundan ham muhimroq masala shundaki, biz qoidalarning aniq tushunarli bo'lishini, ularga rioya qilinishini va izchil qo'llanishini, shuningdek, qoidabuzarliklar yuz berganda tezkor chora ko'rish imkoniyatini qanday taminlashimiz kerakligidadir.

Premer-liga - bizning eng asosiy eksport mahsulotlarimizdan biri. U millionlab insonlarga quvonch ulashadi va biz uni kelajakda muxlislar uchun himoya qila olishimizga ishonch hosil qilishni istaymiz", – dedi Nendi “Channel 5 News” efirida.

2.jpg

Eslatib o'tamiz, mustaqil komissiya "Manchester Siti"ni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy feyr-pleyni buzganlikda aybdor deb topdi, biroq "shaharliklar"ga nisbatan hali hech qanday jazo chorasi e'lon qilinmadi: bu komissiyaning keyingi faoliyati davomida amalga oshiriladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Channel 5 News