Uzoq yillik FIFA eksperti Farhod Abdullaev O'zbekiston hakamlik tizimini yangi bosqichga olib chiqishga mas'ul bo'ldi

admin
1 okt 2026, 12:37
O'FA prezidenti tomonidan O'zbekistonda futbol hakamligini rivojlantirish bo'yicha yangi vazifalar belgilandi.

O'zbekistonda futbol hakamligini yanada rivojlantirish, hakamlarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish, xalqaro talablarga javob beradigan yangi avlod hakamlarini tayyorlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur yo'nalishda xalqaro tajribaga ega mutaxassislarni jalb etish, hakamlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini zamonaviy talablar asosida takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda xalqaro tajribaga ega mutaxassis Farxod Abdullaev bilan uchrashuv o'tkazildi hamda kelgusidagi faoliyat yo'nalishlari bo'yicha muhim vazifa va topshiriqlar belgilab berildi. U 2021–2026 yillarda Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi Hakamlar departamenti direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 15 yildan ortiq vaqt davomida FIFA va OFK hakamlar eksperti sifatida faoliyat olib borgan.

Farhod Abdullaev 2018, 2022 va 2026 yillarda o'tkazilgan Jahon chempionatlari uchun hakamlarni tayyorlash panelida faoliyat yuritgan. 2011 yildan buyon 50 dan ortiq mamlakatda FIFA va OFKning 170 dan ziyod kurs va seminarlarini o'tkazgan hamda 30 yildan ortiq hakamlik tajribasiga ega.

O'FA prezidenti tomonidan Farhod Abdullaevga ushbu yo'nalishdagi ishlarni tizimli ravishda yo'lga qo'yish, hakamlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, xalqaro tajribani O'zbekiston hakamlik tizimiga keng joriy etish, shuningdek, VAR tizimini rivojlantirish va undan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur vazifalar ijrosini taminlash orqali O'zbekistonda futbol hakamligining sifat bosqichini yangi darajaga olib chiqish, xalqaro maydonda raqobatbardosh hakamlarni tayyorlash va hakamlik maktabini yanada rivojlantirish ko'zda tutilmoqda.

Avvalroq “Eshitdik-da” rukni ostida O'zFHM rahbariyatida o'zgarish bo'layotgani haqida xabar bergan edik.

O'xshash yangiliklar


adminMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати