Portugaliya federatsiyasi Ronalduning terma jamoadan ketishi haqida rasmiy bayonot berdi

1 okt 2026, 09:15
Portugaliya futbol federatsiyasi Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etgani yuzasidan bayonot berdi.

Jamoa sardori bosh murabbiy Jorje Jezush bilan yuzaga kelgan nizo sababli terma jamoa ixtiyorini tark etdi.

"Portugaliya futbol federatsiyasi shuni ma'lum qiladiki, Portugaliya terma jamoasi o'yinchisi Krishtianu Ronaldu Kopengagendagi milliy jamoa qarorgohini tark etdi.

Daniya va Norvegiyaga qarshi o'yinlarga tayyorgarlik (oxirgi uchrashuv "Dragau" stadionida bo'lib o'tadi) chaqirilgan qolgan 24 nafar futbolchi ishtirokida rejalashtirilgan jadval bo'yicha davom etadi.

Butun jamoa Portugaliya terma jamoasining bo'lajak o'yinlariga va qo'yilgan vazifalarni bajarishga to'liq diqqatini qaratgan", - deyiladi bayonotda.

O'xshash yangiliklar