APL klublari “Manchester Siti”ni jazolash bo'yicha so'nggi muddatni belgilab olishdi

Sherzod Nurmatov
1 okt 2026, 11:25
Bosim ortib bormoqda: Angliya Premer-ligasi klublari sankciyalar 2027/28 yilgi mavsumdan boshlab kuchga kirishi uchun "Manchester Siti" ishi joriy mavsum yakuniga qadar hal bo'lishini istashmoqda.

“The Sun” nashrining yozishicha, klublar "shaharliklar"ning apellyaciyasi jarayonni yillarga cho'zib yuborishidan xavotirlanib, aniq muddatlar belgilanishini talab qilmoqda. Ularning maqsadi: jazo eng kechi bilan 2027/28 yilgi mavsum boshlanishiga qadar kuchga kirishi shart. O'z navbatida, "Siti" ish hali yakunlanishdan juda yiroq ekanidan ogohlantirdi va klub raisi Haldun Al Muborak klub o'z nomini oqlashini takidlamoqda.

Bu talab juma kuni 114 ta band bo'yicha ayblov hukmi e'lon qilinganidan so'ng ligada tobora kuchayib borayotgan norozilikni ko'rsatadi.

Raqobatchi klublar nafaqat tovon puli bo'yicha davo arizalari kiritishni rejalashtirmoqda, balki endi ko'p yillik apellyaciyalar ortidan sport adolati boy berilmasligi bo'yicha kafolatlar ham talab qilmoqda. Muammo ochiq-oydin: yuristlar "Manchester Siti" hukm ustidan har bir bosqichda shikoyat qilib, aynan shunday uzoq davom etadigan kurash olib borishini kutishmoqda. Klublarning ultimatumi ushbu qarama-qarshilikda ikkinchi frontni ochmoqda: gap endi nafaqat qanday jazo berilishi, balki u qachon kuchga kirishi haqida ham ketmoqda.

Qayd etish joizki, kechiktirilgan har bir oy musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan va navbatdagi sovrin uchun kurashayotgan "Siti" foydasiga ishlaydi. Raqobatchilar esa adolatning kechikishi osongina adolatdan mahrum bo'lishga aylanib ketishi mumkinligini yaxshi bilishadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun