Ronaldu "Arsenal" afsonasi va mashhur reper ishtirokida futbol serialini yo'lga qo'ymoqda

Sherzod Nurmatov
13 noya 2026, 13:45
"Al Nassr"ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolning parda ortidagi hayotiga bag'ishlangan o'z serialini ishga tushirishini e'lon qildi.

Loyihada besh karra "Oltin to'p" sohibining o'zi, afsonaviy fransiyalik hujumchi Terri Anri, britaniyalik reper Deyv, shuningdek, aktyor Demien Lyuis ishtirok etadi.

Yangi serial odatda futbol maydonidan tashqarida qolib ketadigan voqealarga bag'ishlanadi. Tomoshabinlarga ushbu ommabop sport turining boshqa tomonini ko'rsatish, keng jamoatchilik nazaridan yashirin bo'lgan insonlar, voqealar va jarayonlarga e'tibor qaratish vada qilinmoqda.

Loyihaning asosiy o'ziga xos jihatlaridan biri unda nafaqat futbol, balki musiqa industriyasi va kinematografiyaning taniqli vakillari ham qatnashishidir.

Ronaldu uchun bu media faoliyatini rivojlantirish yo'lidagi navbatdagi qadam hisoblanadi. Portugaliyalik yulduz shaxsiy loyihalarini rivojlantirish va ko'ngilochar industriya vakillari bilan hamkorlik qilish orqali futbol maydonidan tashqaridagi nufuzini faol ravishda kengaytirmoqda.

Premeraning aniq sanasi va serial qaysi platformada namoyish etilishi haqida hozircha ma'lumot yo'q.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: USA Today