

Eslatib o'tamiz, Xalqaro professional futbolchilar assotsiatsiyalari federatsiyasi butun dunyo bo'ylab 19 806 nafar o'yinchi ishtirokidagi so'rovnoma asosida tuzilgan ramziy terma jamoasini e'lon qildi. Ronaldu dastlabki short-listdan joy olgan edi, biroq yakuniy ro'yxatga kiritilmadi.
Shunday bo'lsa-da, respondentlarning 13,2 foizi "Al-Nassr"ning 41 yoshli hujumchisini o'z jamoalariga kiritishgan. Hujum chizig'i vakillari orasida portugaliyalik yulduz Usmon Dembele (9,3%) va Rafinya Diasdan (7,5%) o'zib ketdi.



