Tramp Kot-d’Ivuar va Senegal fuqarolarining AQSHga kirishini chekladi. Ularning terma jamoalari JCH-2026da o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2025, 11:25
Tramp Kot-d’Ivuar va Senegal fuqarolari uchun AQSHga kirishni chekladi.

AQSH prezidenti Donald Tramp bir qator davlatlar, jumladan, terma jamoalari JCH-2026da ishtirok etadigan Kot-d’Ivuar va Senegal fuqarolarining mamlakatga kirishini qisman taqiqlash to'g'risidagi farmonni imzoladi.

Bu haqda Oq uy saytida xabar berilgan.

Qaror AQSHdagi noqonuniy migraciyaga qarshi kurash doirasida qabul qilingan.

Farmonda aytilishicha, u tekshiruv, attestaciya va ma'lumot almashish jarayonlarida yaqqol, barqaror va jiddiy kamchiliklarni namoyon etgan mamlakatlar fuqarolari uchun kirish cheklovlarini kengaytiradi va kuchaytiradi hamda mamlakatni milliy va jamoat xavfsizligiga bo'lgan tahdidlardan himoya qilishga qaratilgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: whitehouse.gov