

Eron futbol federatsiyasi JCH-2026 doirasidagi navbatdagi o'yinga otlangan terma jamoaning parvozi AQSH rasmiylarining xatti-harakatlari tufayli kechiktirilganini ma'lum qildi.
Amir G'alenoyi boshchiligidagi jamoa guruh bosqichining 3-turida Misr terma jamoasi bilan to'qnash keladi. Uchrashuv 27 iyun kuni Sietlda bo'lib o'tadi.
"Garchi Eron milliy terma jamoasi Qo'shma Shtatlarga uchinchi bor safar qilayotgan bo'lsa-da, jamoa AQSH rasmiylarining xatti-harakatlari tufayli yuzaga kelgan muammolar sababli yana bir bor aeroportda ushlanib qoldi.
Eron milliy terma jamoasi a'zolari Misrga qarshi o'yinga jo'nab ketish uchun bugun aeroportga yetib kelishdi, biroq avvalgi holatlardagi kabi, mezbon mamlakat tomonidan [murabbiylar shtabi a'zosi] Said Alxoi va [hujumchi] Mehdi Taremiga nisbatan aralashuv jamoaning aeroportda kechikishiga olib keldi.
Jamoaning qolgan qismi hozirda Sietlga, Misrga qarshi o'yinga yo'l olishdan oldin murabbiy va jamoadoshlarining ularga qo'shilishini kutmoqda", - deyiladi federatsiya bayonotida.



