

Bir necha daqiqalardan so'ng JCH-2026 guruh bosqichi 3-tur o'yinlari boshlanadi. Joriy mundial shunisi bilan ahamiyatliki, endi so'nggi turda navbatchi o'yinlar emas, balki 3-o'rin uchun kurash avj oladi. E'tiboringizga dastlabki oltita guruhdagi vaziyatni taqdim etamiz.
“A” guruhi
Bir qarashda sezilmasligi mumkin, ammo bu guruhda holat ancha qiziqarli: Meksikadan boshqa barcha jamoa 2 va 3-o'rin uchun kurashish imkoniga ega.
Jumladan, JAR Koreya bilan o'yin o'tkazadi. G'oliblik ularni kamida 3-o'ringa ko'tarishi mumkin. Xuddi shunday holat Chexiyada ham. Ular mezbon Meksikani mag'lub etishi orqali pley-offga yo'l olishi mumkin.
Jo'ja sanaladigan vaqt keldi, o'rtoqlar. Buyog'iga Janubiy Koreyaning ilk turdagi g'alabasi ham, chexlarning muvaffaqiyatsiz o'yini ham ahamiyatga ega bo'lmay qoladi.
2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

3-tur o'yinlari taqvimi:
25 iyun, 06:00. JAR - Janubiy Koreya
25 iyun, 06:00. Chexiya - Meksika
“B” guruhi
Kanada va Shvecariya o'zaro hisob-kitob qilguncha, ikkinchi o'yinda Bosniya va Qatar hayot-mamot o'yinida ishtirok etadi. Tabiiyki, durang ikkisini ham qoniqtirmaydi, g'alaba esa ularni navbatdagi bosqichga olib chiqadi.
Darvoqe, guruhda peshqadam bo'lib turgan ikki jamoa ham shu joyda matematikani ishga solishga to'g'ri keladi: ular 1-o'rin bo'lsa kim bilan pley-offda o'ynashi-yu, ikkinchi bo'lsa kimga tushishini hisoblashadi.
2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

3-tur o'yinlari taqvimi:
24 iyun, 23:59. Shvecariya - Kanadi
24 iyun, 23:59. Bosniya - Qatar
“C” guruhi
Bu yerda vaziyat shu qadarki, hatto Braziliya ham 3-o'ringa tushib qolish ehtimoli bor. Ula buning uchun Shotlandiyaga mag'lub bo'lmasliklari yoki Marokash Gaitiga yutqazishi kerak.
O'z navbatida, shu jumla Marokashga ham nisbatan ishlatiladi. Shotlandiya esa bir ochko uchun intilishi tabiiy, ular ham o'sha “sakkizlik”ka kirib qolishmoqchi.
2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

3-tur o'yinlari taqvimi:
25 iyun, 03:00. Shotlandiya - Braziliya
25 iyun, 03:00. Marokash - Gaiti
“D” guruhi
Turkiya va AQSH shunchaki rasmiyatchilik uchun o'yin o'tkazib qo'yishadi. Biri harqancha yirik hisob bo'lmasin, pastki o'ringa tushib qolmaydi. Yana biri esa, harqancha yirik hisobda g'alaba qozonmasin, aqalli 3-o'rinni egallay olmaydi. Ikkisi uchun ham barcha futbolchisini “JCHda ishtirok etgan” maqomiga aylantirish” uchun yaxshi imkoniyat.
Avstraliya - Paragvay esa, shubhasiz, “yonishi aniq”. Aslida, ularni durang qoniqtiradi. Biroq hech kim kafolat bermaydiki, 3-o'rinda qolib ketadigan Paragvay birorta Top jamoaga pley-offda duch kelib, mag'lub bo'lishiga. Hamma uzoqqa borishni istaydi, xuddi biz kabi.
2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

3-tur o'yinlari taqvimi:
26 iyun, 07:00. Turkiya - AQSH
26 iyun, 07:00. Paragvay - Avstraliya
“E” guruhi
Ekvadorning baxtsizligi - ular so'nggi turda Germaniyaga duch kelayotgani. Hozirga qadar masalani hal qilib olganda-ku, o'ylanib o'tirishmasdi. Endi ularni g'alabadan boshqasi qoniqtirmaydi. Germaniya esa 100 foizlik natijaga intilishi turgan gap.
Kot-d’Ivuar esa Kyurasao bilan barcha ishlanmalarini ko'rib olishi mumkin. Ularni durang ham navbatdagi bosqichga olib chiqadi. Kyurasao esa nega Ekvador tanlagan yo'lni qilmasligi kerak? Ularga g'alaba suv va havodek kerak. Shu orqali nafaqat Ekvador, balki Kot-d’Ivuarni ham uyiga ketkazib yuborishi mumkin. “Ënadi” o'yin.
2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

3-tur o'yinlari taqvimi:
26 iyun, 01:00. Ekvador - Germaniya
26 iyun, 01:00. Kyurasao - Kot-d’Ivuar
“F” guruhi
Niderlandiya o'yinini topib oldi, buyog'iga xushyor bo'laverish kerak. Ular navbatdagi mashg'ulotini ikkiga bo'linib emas, Tunisga qarshi o'tkazadi.
Shvetsiya va Yaponiya esa 2 hamda 3-o'rinni bo'lishib olishlari kerak. Biri katta ehtimol pley-offni hal qilib olgan bo'lsa, birida imkoniyat juda yaxshi. Durang esa, aslida, ikkisini ham qoniqtiruvchi hisobdir.
2-turdan keyin guruhdagi vaziyat:

3-tur o'yinlari taqvimi:
26 iyun, 04:00. Tunis - Niderlandiya
26 iyun, 04:00. Yaponiya - Shvetsiya
JCH-2026'ni Allplay'da tomosha qiling - CHAMPIONATASIA promokodi bilan 45 kun bepul
Promokodni faollashtirish HAVOLASI



