

Uchrashuv AQSHning Atlanta shahridagi "Mersedes-Benc Stedium" stadionida bo'lib o'tadi. O'yinni niderlandiyalik Danni Makkeli boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:
Marokash: Bunu, Xakimi, Riad, Xalal, Salax-Eddin, Amrabat, Saybari, El-Xannus, El-Aynaui, Dias, El-Kaabi.
Gaiti: Plesid, Ad, Delkrua, Eksperyans, Dyuvern, Bellegard, Jan Jak, Providans, Jozef, Izidor, Kazimir.
Marokash terma jamoasi "S" guruhi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Jamoa ikki o'yindan so'ng to'rt ochko jamg'ardi. Gaiti esa ochkosiz oxirgi o'rinda bormoqda. Guruhda Braziliya 4 ochko bilan birinchi, Shotlandiya 3 ochko bilan uchinchi o'rinda joylashgan.



