Shotlandiya - Braziliya. Neymar...

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2026, 01:40
24 iyundan 25 iyunga o'tar kechasi 2026 yilgi Jahon chempionati "S" guruhi 3-turi doirasida Shotlandiya va Braziliya terma jamoalari o'rtasidagi bahs bo'lib o'tadi.

O'yin AQSHning Florida shtati, Mayami shahridagi "Xard Rok" stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvni meksikalik Sesar Ramos Palasuelos boshqarib boradi.

Jamoalarning boshlang'ich tarkiblari:

Shotlandiya: Gann, Patterson, Makkenna, Xendri, Robertson, Maktominey, Makginn, Maklin, Fergyuson, Douk, Shanklend.

Braziliya: Alison, Danilo, Magalyayns, Markinos, Santos, Kazemiro, Gimarayns, Paketa, Rayan, Vinisius, Kunya.

"S" guruhidagi ikki turdan so'ng Braziliya terma jamoasi to'rt ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi. Shotlandiya esa uch ochko bilan uchinchi pog'onada. Marokash to'rt ochko bilan ikkinchi, Gaiti esa nol ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia