"Tottenxem" "Bornmut"ga 100 million evro taklif qilishga tayyor

13 iyul 2026, 15:30
"Bornmut"ning 20 yoshli hujumchisi Eli Krupi faoliyatini "Tottenxem"da davom ettirishi mumkin.

TEAMtalk xabariga ko'ra, "shporlar"ning futbolchini sotib olish imkoniyatlari PSJ bor e'tiborini "Barselona" forvardi Ferran Torresga qaratganidan keyin yanada oshgan. Krupining o'zi ham yangi klubga o'tishga tayyor.

Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, yaqin vaqt ichida "Tottenxem" fransiyalik futbolchi uchun "Bornmut"ga taxminan 100 million evro taklif qilishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Krupi o'tgan mavsum oxirida "Tottenxem" boshqaruviga kelgan Roberto De Dzerbi qo'l ostida o'ynashni xohlayotgani xabar qilingandi.

Shuningdek, hujumchiga "Arsenal", "Manchester Siti" va o'yinchining chiqishlarini faol kuzatib borayotgan "Bavariya" tomonidan ham qiziqishlar borligi ma'lum.

O'tgan mavsumda Eli Krupi "Bornmut" safida 35 ta o'yin o'tkazib, 13 ta gol urdi. Uning bozor qiymati Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 70 million evroni tashkil etadi. Futbolchining klub bilan shartnoma muddati 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: TEAMtalk