

Bu haqda "The Athletic" xabar bermoqda.
Manba bergan xabarga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" sport direktori Deku aynan shu sabab tufayli Torresga yangi shartnoma taklif qilmoqchi emas. "Barselona" rahbariyati 26 yoshli forvardni keyingi yozda tekinga (erkin agent sifatida) qo'yib yubormaslik uchun uni hozir sotib yuborishni afzal ko'rmoqda.
Bundan oldin OAVda Torresga PSJ va Madridning "Atletiko" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Hujumchi 2020 yildan 2022 yilgacha "Manchester Siti"da to'p surgan, shundan so'ng u "Barselona"ga o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda Torres barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Transfermarkt" portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.



