PSJ Ferranga qiziqmoqda. Parijliklar Barkolya ketgan taqdirda "Barsa" hujumchisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

13 iyun 2026, 12:50
PSJ vinger Bredli Barkolya ketishi mumkin bo'lgan taqdirda "Barselona" hujumchisi Ferran Torres nomzodini ko'rib chiqmoqda.

Kataloniya klubi va Ferran Torresning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

Avvalroq "Barselona" futbolchi bilan yangi shartnoma imzolamoqchi ekani haqida ma'lumot berilgandi.

O'tgan mavsumda hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: gianlucadimarzio.com