

Forvardni hanuzgacha Maroqo bilan o'yinda shikastlangan o'ng to'pig'i bezovta qilmoqda. Mbappe jamoadan alohida mashg'ulot o'tkazdi va to'p bilan ishlamadi. Shunga qaramay, u katta ehtimol bilan asosiy tarkibda maydonga tushadi.
Fransiyaliklar bosh murabbiyi Dide Desham Mbappening jismoniy holati borasidagi xavotirlarga qaramay, u jahon chempionati yarim finalida o'ynay olishini tasdiqladi. Hujumchi chorak final doirasida Maroqo ustidan g'alaba qozonilgan (2:0) uchrashuvning 77-daqiqasida "to'pig'idan engil jarohat olgani" sababli almashtirilgan edi.
Hozirgi vaqtgacha Mbappe JCH-2026ning barcha 6 ta uchrashuvida qatnashdi. Uning hisobida 8 ta gol va 1 ta golli uzatma mavjud.



