Ispaniya terma jamoasi a'zosi JCHdan so'ng "Barselona"dan PSJga o'tishga rozi bo'ldi - Sky Sports

11 iyul 2026, 09:15
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin PSJga o'tishga rozilik berdi.

Ispaniya terma jamoasi forvardi klubini o'zgartirishni xohlamoqda. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Luka Bendoni X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, Torresning "Barselona" bilan shartnomasini uzaytirishi "juda murakkab" bo'lib ko'rinmoqda, ayni vaqtda "ko'k-anorranglilar" Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Karim Adeyemi bilan shartnoma imzolashni kelishib olishgan.

Torres "Barselona" tarkibida 2022 yilning yanvaridan buyon to'p suradi. Yakunlangan mavsumda 26 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 49 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, o'yinchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports