

"Men buni intiqlik bilan kutyapman. Bu noyob imkoniyatdir. Uning faoliyati yakuniga yetib bormoqda. Shaxsan men uchun u futbol maydoniga tushgan eng buyuk futbolchidir. Va ha, men ushbu chaqiriqni sog'inch bilan kutyapman", - deya O’Raylining so'zlarini keltiradi "BBC Sport".
O'yin 15 iyul kuni "Mersedes-Benc Stedium" (Atlanta, AQSH) stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:59 da boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, 2026 yilgi jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksikada 11 iyundan 19 iyulga qadar o'tkazilmoqda. Jahonning amaldagi chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi.



