

Jahon chempionatida ishtirok etgan kataloniyaliklar klubi futbolchilariga dam olish uchun qo'shimcha vaqt berilgandi, biroq Ronald Arauxo va de Yong allaqachon jamoa qarorgohiga yetib kelishdi va tibbiy ko'rikdan o'tishdi.
Marca xabariga ko'ra, niderlandiyalik futbolchida tizza jarohati aniqlangan. Yakuniy tashxis hali qo'yilgani yo'q. Yaqin kunlarda yarim himoyachi qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tishi kerak.
Biroq klubdagilar xavotirda va eng yomon ssenariyni kutishmoqda. Frenki bir necha oyni o'tkazib yuborishi mumkinligi istisno etilmayapti – ehtimol, tiklanish jarayoni to'rt oyga cho'zilishi mumkin. Jahon chempionatida de Yong Niderlandiya terma jamoasi safida to'rtta o'yin o'tkazdi.



