

Ma'lum bo'lishicha, bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoa sardorining sotilishini istamoqda. Uning transferidan tushgan pul esa boshqa futbolchilar sotib olishga sarflanadi.
Murabbiy uning professionalligidan mamnun. Biroq futbolchidagi tezkorlik borasida muammolar ko'rinmoqda. U Maguayr sotuvidan tushadigan pul evaziga himoya chizig'ini kuchaytirmoqchi.
MYU takliflarni ko'rib chiqishga tayyor. Biroq, klubda Maguayr xarid qilingan summa - 80 million funtga uni sotib yuborish imkonsiz ekanligini tushunib turishibdi.



