Kasadoga MYU, “Atletiko" va "Bayer" qizimoqda

13 iyun 2026, 13:36
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado Yevropa transfer bozorida e'tiborni tortmoqda.

22 yoshli ispaniyalik futbolchi "Atletiko"da qiziqish uyg'otmoqda, biroq Madrid klubi bosh murabbiyi Diego Simeone kelishuvni hali tasdiqlamadi.

Kasadoni "Manchester Yunayted" va "Bayer" ham kuzatmoqda.

Avvalroq yarim himoyachiga Saudiyaning "Al Hilol" klubi e'tibor qaratayotgani ma'lum bo'lgandi.

Kasadoning ishlarini taniqli futbol agenti Jorje Mendesh boshqaradi va futbolchining "blaugrana" bilan shartnomasi 2028 yilning iyunigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo