"Liverpul" 40 millionlik transfer amalga oshirdi

19 iyun 2026, 00:40
"Liverpul" klubi "Osasuna" bilan qanot hujumchisi Viktor Munos transferi bo'yicha kelishuvga erishilganini rasman e'lon qildi.

APL klubi ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli ispaniyalik futbolchi Angliya ish vizasini olgach, uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.

Munos AQSHda joylashgan Ispaniya terma jamoasi bazasida "qizillar" uchun tibbiy ko'rikdan ham muvaffaqiyatli o'tgan.

Avvalroq "Liverpul" futbolchi uchun kurashda "Nyukasl"ni ortda qoldirgani va uning transferi uchun 40 million evro tovon puli to'lashi ma'lum qilingan edi. "Real" o'z tarbiyalanuvchisining keyingi sotuvidan 50 foiz ulushga ega bo'lgani sababli mazkur mablag'ning 20 million evrosini oladi.

Futbolchi bilan tuziladigan shartnoma 2032 yil yoziga qadar amal qiladi.

Munos o'tgan mavsum La Ligada 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifi bo'lgan.

photo_2026-06-18_22-58-42.jpg

O'xshash yangiliklar


Manba: Liverpool Echo