

Bu haqda jurnalist Raisa Simplisio Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) ma'lumotlariga tayanib xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Neymar jamoa bilan birga Filadelfiyaga yo'l olmaydi. Gaitiga qarshi bahs aynan shu shaharda bo'lib o'tadi. Futbolchi tiklanish jarayonining so'nggi bosqichini yanada samarali o'tkazish maqsadida Nyu-Jersida qoladi.
Neymar boldir mushagidan olgan jarohatidan keyin tiklanishni davom ettirmoqda. Shu sababli u Jahon chempionatining 1-turida Marokashga qarshi bahsda (1:1) ham maydonga tushmagan edi.
Guruh bosqichining 3-turida Braziliya terma jamoasi 25 iyun kuni Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi.



