

Bahs yakunidan so'ng "archivovar.es" nashri hamyurtimizning harakatlariga yuqori baho berdi.
Ilgiz Tantashev - 7,5 baho
"Marokash - Shotlandiya uchrashuvini boshqargan o'zbekistonlik hakamdan haqiqiy "master-klass". Tantashev ushbu bahsda o'z sanatini namoyish etib, hakamlik maktabini ko'rsatib berdi. U deyarli barcha vaziyatlarda, jumladan, jarima maydonchalari ichidagi ikkita bahsli holatda ham mutlaqo to'g'ri qaror qabul qildi. Garchi ushbu vaziyatlarda katta shubhalar bo'lmasa-da, o'zbekistonlik hakam juda qatiyatli harakat qildi. Uning baxtiga, JCHning boshqa o'yinlaridagi kabi o'ta qo'pol va ayovsiz to'qnashuvlar sodir bo'lmadi.
Yuqorida tilga olingan ikkita bahsli vaziyatning ikkalasida ham hakam haq bo'lib chiqdi. Avvaliga u El-Aynaui va Makginn o'rtasidagi to'qnashuvini jazosiz qoldirdi, chunki shotlandiyalik futbolchi engil kontaktni sezib, o'zini erga tashlagan edi. Shundan so'ng jarima maydonchasi ichida Maktomineyga nisbatan undan ham engilroq kontakt sodir bo'ldi va hakam to'g'ri mezon qo'llagan holda o'yinni davom ettirishga ruxsat berdi", - deb fikr bildirilgan xabarda
Taqqoshlash uchun:
Braziliya - Gaiti uchrashuvi hakami Ernandes Ernandes - 4,0 baho oldi;
AQSH - Avstraliya bahsi hakami Feliks Svaer - 6,5 baho;
Kanada - Qatar bahsi hakami Garay Rees - 1,0 baho;
Shveytsariya - Bosniya va Gertsegovina bahsini boshqargan portugaliyalik Joau Pineyru 5,5 baho
Chexiya - Janubiy Afrika uchrashuvida amerikalik Tori Penso 6,5 baho;
O'zbekiston - Kolumbiya uchrashuvini boshqargan angliyalik Entoni Teylor 6,5 baho;
Gana - Panama uchrashuvini boshqargan shvetsiyalik Glenn Nyuberg 3.5 baho.



