

FIFA tomonidan 2026-yilgi Jahon chempionatiga jalb etilgan o'zbekistonlik hakamlar jamoasi – bosh hakam Ilgiz Tantashev hamda yordamchi hakamlar Andrey Sapenko va Timur Gaynullin musobaqa mezboni AQSHga yetib bordi.
Ayni kunlarda hakamlarimiz FIFA tomonidan tashkil etilgan o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etib, jismoniy va nazariy tayyorgarlik ustida ishlamoqda.



