Turkiya - Paragvay o'yinida tarixiy qizil kartochka...

20 iyun 2026, 09:08
Gap shunda-ki, JCH paytidan boshlab joriy qilingan yangi qoidalarga ko'ra futbolchi raqib o'yinchisi bilan gaplashayotgan og'zini berkitib gapirsa qizil kartochka ko'rsatiladi.

Paragvay yulduzi Migel Almiron turklarning o'ng qanot himoyachisi Mert Myuldur bilan o'zaro suhbatla hech nimadan xabari yo'qdek og'zini berkitib gapirdi. Myuldur esa bu qoidani unutmagan ekan va o'sha zahoti qanot hakamiga raqib og'zini berkitib gapirganini ishora qilib qizil so'radi. Bosh hakam VARga borib vaziyatni ko'rdi va Almironga qizil kartochka ko'rsatdi.

Migel Almiron raqib bilan suhbatda og'zini berkitib gapirgani uchun maydondan chetlatilgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia