LIVE. JCH. Braziliya - Gaiti 3:0 (matnli translyatsiya)

20 iyun 2026, 05:25
C guruhi 2-turi doirasidagi Braziliya - Gaiti uchrashuvining matnli translyatsiyasini ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin.

JCH, C guruhi, 2-tur

Braziliya - Gaiti 3:0

Gollar: 23, 36 - Mateus Kunya, 45+3 - Vinisius Junior

Braziliya: 1. Alison Beker, 13. Danilo, 4. Markinos, 3. Gabriel Magalyayns, 16. Duglas Santos, 8. Bruno Gimarayns, 11. Rafinya (26. Rayan, 40’), 7. Vinisius Junior, 5. Kazemiro, 20. Lukas Paketa, 9. Mateus Kunya.

Zaxira: 12. Veverton, 23. Ederson, 6. Aleks Sandro, 14. Bremer, 15. Leo Pereyra, 24. Rojer Ibanes, 2. Ederson, 17. Fabino, 18. Danilo, 19. Endrik, 21. Luis Enrike, 22. Gabriel Martinelli, 25. Igor Tyago.

Gaiti: 1. Jonni Plesid, 2. Karlan Arkyus, 4. Rikardo Ad, 5. Ann Delkrua, 8. Martin Eksperyans, 22. Jan-Kevin Dyuvern, 21. Xosue Kazimir, 17. Denli Jan Jak, 10. Jan-Rikner Bellegard, 15. Ruben Providans, 20. Francdi Perro.

Zaxira: 12. Aleksandr Per, 23. Jozue Dyuverge, 3. Kito Termonsi, 13. Dyuk Lakrua, 14. Garven-Mishi Metusala, 24. Vilgens Pogen, 6. Karl Sente, 25. Dominik Simon, 26. Vudenski Per, 11. Luisius Don Didson, 7. Derrik Etenn, 9. Dyukens Nazon, 16. Lenni Jozef, 18. Vilson Izidor, 19. Yassin Fortyun.

Ogohlantirishlar: 4 - Karlan Arkyus, 45+4 - Francdi Perro

56. Vinisius yaxshi vaziyatga chiqib borgandi, biroq yakuniy zarbani berishdi kechikdi.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

🕘 45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+4. Dastlabki bo'limdayoq o'yin taqdirini hal etishga arzirli gollar urildi va ikkinchi bo'limda faqat va faqat mo'jiza kutsak kerak.

gettyimages-2281864893-2048x2048.jpg

⚽️ 45+3. GOL! Vinisius hisobni yiriklashtirdi! Paketaning uzatmasidan so'ng Vini birga-bir vaziyatga chiqib ketdi va uning zarbasi golga aylandi!

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

🔄 40. “Barselona” vingeri o'yinni davom ettirolmaydigan bo'ldi va zaxiraga olindi.

🏥 39. Rafinya maydonda o'tirib qoldi, unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

37. Ikkita gol ko'rdik hozirgacha, biroq Gaiti o'tgan vaqt ichida aytarli vaziyat yaratmadi.

gettyimages-2281864893-2048x2048.jpg

⚽️ 36. GOL! Kunyadan dubl! Paketa hujumni boshladi, Vinisiusning zargarona uzatmasidan so'ng esa Mateus zo'r zarba berib, gol urdi!

29. Paketaning ajoyib uzatmasidan so'ng Rafinya birga-bir vaziyatga chiqdi, biroq kuchsiz zarba berdi…

26. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

24. Gaitidan faollik kutamiz, albatta buyog'iga. Braziliya ham oldinga ko'p yurish qilsa kerak.

gettyimages-2281862247-2048x2048.jpg

⚽️ 23. GOL!  Kunya hisobni ochdi! Vinisiusning zarbasidan so'ng darvozabon to'pni qaytardi, uni esa Mateus darvoza aniq yo'lladi!

22. Rafinya darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba berdi, ammo noaniq ketdi… Qo'shimchasiga bu holatda offsayd ham bo'lgan ekan.

17. Vinisiusning zarbasi rekoshetga uchrab, noaniq ketdi.

12. GOL! Rafinya ajoyib kombinaciyadan unumli foydalanib, gol urgandi, biroq offsayd bo'lgan ekan.

8. Vinisius chap qanotdan yurish qilib jarima maydonchasiga kirdi, ammo yakuniy uzatmani bera olmadi. 

5. Uchrashuv braziliyaliklar to'p nazorati ostida start oldi. 

🕛 1. O'yin boshlandi.

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni C guruhi 2-turi doirasidagi Braziliya - Gaiti uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia