JCH. Turkiya - Paragvay 0:1 (Matnli translyatsiya)

20 iyun 2026, 08:00
JCH-2026 D guruhidan o'rin olgan Turkiya - Paragvay uchrashuvi boshlandi

Turkiya - Paragvay 0:1

Gol: 2- -Matias Galarsa

Turkiya: Ugurjan Chaqir, Merix Demiral, Abdulkarim Bardakji, Mert Myuldur, Ferdi Kadioglu, Hakan Chalhano'g'lu, Ismail Yuksek, Kerem Aktyurkog'lu, Arda Gyuler, Kenan Yildiz, Yunus Akgyun.

Paragvay: Orlando Xil, Omar Alderete, Xuan Kaseres, Xunior Alonso, Gustavo Gomes, Diego Gomes, Migel Almiron, Andres Kubas, Matias Galarsa, Xulio Ensiso, Isidro Pitta.

37. Paragvay tezkor qarshi hujumga o'tdi, Kaseres o'ng qanotdan darvozaning yaqin burchagini kuchli zarba bilan nishonga oldi, biroq Chaqir to'pni qo'llari bilan qaytarib, Turkiyani muqarrar goldan qutqarib qoldi.

35. Turkiya standart vaziyat yuzaga keltirdi, Chalhano'g'lu to'pni Paragvay jarima maydonchasi ichiga uzatib berdi, Myuldur bosh bilan zarba yo'lladi, biroq to'p dastlab darvoza to'siniga, keyin esa ustuniga tegdi!

30. Turkiya shu daqiqaga kelib, raqib darvozasiga ilk aniq zarbasini yo'lladi. Yildizning chalqancha uslubda yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi

23. Chalxanoglu so standarta probil v blijniy ugol, odnako Diego Gomes golovoy myach uverenno vynes.

20. Ustunlik turklarda, to'p nazorati turklarda, biroq hozirda paragvayliklar g'alaba qozonishmoqda

13. Nihoyat Turkiya terma jamoasi xavfli vaziyat yaratishdi. Qanotdan uzatilgan to'pdan so'ng Guler qulay masofadan zarba yo'lladi, biroq uning zarbasi juda nonaiq ketdi

11. Diego Gomes uzoq masofadan to'pni to'xtatmasdan kuchli zarba bilan darvozaga yo'lladi, biroq to'p Turkiya terma jamoasi darvoza to'sinidan ancha balandlab ketdi.

gettyimages-2282436576-2048x2048.jpg

4. Ogohlantirish. Ikki daqiqa avval gol urgan Matias Galarsa maydon markazidagi qo'polligi uchun hakam tomonidan ogohlantirildi

2. GOOOL. Turkiya bu Jahon chempionatida o'zidan kutilgan o'yinni ko'rsata olmayapti. Matias Galarsaning uzoqdan yo'llagan kuchli zarbasi oldida turkiyalik darvozabon qaytara olmadi

Uchrashuv boshlandi

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia