

Gaiti ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng italiyalik mutaxassis hujumchining sog'lig'i borasida to'xtalib o'tdi.
"Ertaga Neymar individual tarzda shug'ullanadi, keyin esa yakshanba kuni umumiy guruh mashg'ulotlariga qaytadi va shundan so'ng Shotlandiyaga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritiladi", - deya ma'lum qildi Anchelotti.
Neymar sog'lig'idagi muammolar tufayli joriy jahon chempionatida hali birorta ham o'yinda maydonga tushgani yo'q.



