JCH-2026da musobaqani tark etgan ilk terma jamoa nomi ma'lum bo'ldi

20 iyun 2026, 08:11
Gaiti milliy terma jamoasi jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatidan muddatidan oldin mahrum bo'lgan ilk jamoaga aylandi.

"S" guruhi 2-turidan o'rin olgan bahsda gaitiliklar Braziliyaga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi va o'tkazilgan ikki uchrashuvdan so'ng biror ochko jamg'ara olishmadi. Shu tariqa, Gaiti terma jamoasi guruh bosqichidan so'ng turnirdagi ishtirokini yakunlashi aniq bo'ldi.

So'nggi tur oldidan Braziliya va Marokash hisobida 4 tadan ochko mavjud, Shotlandiya esa 3 ochkoga ega. Agar Gaiti oxirgi o'yinda Marokashni mag'lub etib, shotlandlar bilan ochkolarni tenglashtirib olgan taqdirda ham, o'zaro o'yin natijasiga ko'ra (birinchi turda Shotlandiyaga yutqazishgan) ulardan pastda qoladi. Bu esa jamoani uchinchi o'ringa ko'tarilish imkoniyatidan ham mahrum etadi.

Shu tariqa, Gaiti JCH-2026ning 1/16 final yo'llanmasi uchun kurashdan rasman chiqib ketgan birinchi terma jamoa bo'ldi.

O'xshash yangiliklar