

74 yoshli mutaxassis vatanida ish topdi. U "Atletiko Mineiro" bosh murabbiyiga aylandi. Braziliya klubi o'zining rasmiy saytida murabbiy bilan 2024 yil oxirigacha shartnoma imzolanganini e'lon qildi.
Skolari Braziliya va Portugaliya terma jamoalaridagi faoliyati bilan mashhur. Shuningdek, u Kuvayt terma jamoasi, Braziliyaning bir qator klublari, Yaponiya, Kuvayt va Xitoy jamoalarida, Londonning "Chelsi"si va Toshkentning "Bunyodkor" klubida ishlagan.



