"Siti"ning sobiq rahbari Bernshteyn: "Agar apellyaciya ish bermasa, klub APLni tark etishiga to'g'ri keladi"

Aslanov Jasurbek
30 sen 2026, 12:08
"Manchester Siti" boshqaruvining sobiq raisi Devid Bernshteyn klubning APL moliyaviy qoidalarini buzishda aybdor deb topilishi haqida fikr bildirdi.

- Biz yaxshi bo'lmasligini bilardik, lekin men o'ylaganimdan ham yomonroq bo'lib chiqdi. Men barcha ayblovlarni alohida-alohida tahlil qila olmayman, ammo ular orasida soxta hujjatlar va dublikat kontraktlar tayyorlash kabilar bor, ustiga-o'lakcha bu bir necha yil davomida tizimli ravishda sodir bo'lgan. Bundan ham jiddiyroq narsaning o'zi bo'lishi mumkin emas.

Men so'zlarni juda ehtiyotkorlik bilan tanlagan bo'lardim, lekin agar bu oddiy tijorat vaziyati bo'lganida, bu firibgarlikka juda yaqin der edim. Ishlatilgan tariflar bundan ortiq halokatli bo'lishi mumkin emasdi va men shunday batafsil manzarani taqdim etganliklari uchun Premer-ligaga va bu ishni amalga oshirgan insonlarga tahsin aytishim kerak.

Agar bularning bari bir-ikki yilga cho'zilib ketsa, Xudo ko'rsatmasin, bu hamma uchun eng yomon variant bo'ladi. Lekin men faqat bir narsani aytaman: endilikda [jarimaning] o'zi kamlik qiladi. Agar apellyaciya bo'lmasa yoki u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, qo'rqamanki, men yaxshi ko'radigan klub Premer-ligani tark etishiga to'g'ri keladi. Bu endi dahshatdan ham ortiqroq. Men ushbu holat uchun etarlicha shafqatsiz bo'lgan jazoni tasavvur ham qila olmayman. Bu mutlaqo dahshatli, - dedi Bernshteyn Talksport efirida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail