Fakt: O'zbekiston Suriyaga qarshi o'yinlarda 180 daqiqadan buyon gol urolmayapti

Iskandarov Abdulaziz
30 sen 2026, 12:25
O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga Suriyaga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Mazkur jamoa hisob-kitoblarga ko'ra doimo "oq bo'rilar" uchun o'ta murakkab raqiblardan biri bo'lib kelgan. Vakillarimiz suriyaliklar bilan oxirgi marotaba 2024 yilgi Osiyo Kubogi guruh bosqichida to'qnash kelib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkan edi. Undan oldinroq - 2020 yilgi o'rtoqlik bahsida esa eng minimal 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchraganmiz.

Ko'rinib turibdiki, o'zaro oxirgi ikkita uchrashuvda terma jamoamiz raqib darvozasini ishg'ol qila olmagan. Bu esa ertangi bahs oldidan hujum chizig'iga jiddiy e'tibor qaratish lozimligini ko'rsatadi.

Ma'lumot uchun, o'yin 1 oktyabr kuni 19:00 da "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia