

"Men "Chelsi"da edim, lekin shartnomani bekor qildim. O'sha paytda Rivaldo yana uch nafar braziliyalik bilan O'zbekistonda edi va u meni tavsiya qildi. "Chelsi"dan ketganimdan so'ng shunday imkoniyat paydo bo'ldi. Bugungi kunda ular Jahon chempionatida ishtirok etishdi. Biz o'sha yerda O'zbekiston futboli ustida ishlashni boshladik, aniqrog'i men emas, lekin ular bu imkoniyatdan unumli foydalanishdi. Keyinchalik boshqa murabbiylarni ham olib kelishdi...
Rivaldo menga bu imkoniyat eshigini ochdi, u meni "Bunyodkor"ga olib keldi. Biz 32 ta o'yin o'tkazib, 28 tasida g'alaba qozondik va to'rtta o'yinda durang qayd etdik. Bu juda ajoyib mavsum bo'ldi. Aslida "Valensiya" bilan deyarli kelishib qo'ygandim. Hatto u erga safar qilib, o'zimga uy ham tanlagan edim. Biroq "Chelsi" rahbariyati agar Yevropada qolsam, shartnomam bekor qilinmasligini, balki tovon puli to'lanmasdan yakunlanishini ma'lum qildi. Agar Braziliyaga qaytsam yoki boshqa qitaga yo'l olsam, ular moliyaviy majburiyatlarini bajarishlarini (pulimni to'lab berishlarini) aytishdi. Shunday qilib, O'zbekistonga bordim va deyarli ikki barobar ko'p daromad qildim. U yerda hatto "Chelsi"dagidan ham ko'proq maosh olardim. Shu sababli bundan umuman xafa bo'lmadim", dedi 77 yoshli mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, braziliyalik mutaxassis 2009 yilda Toshkent klubi bilan 18 oylik shartnoma imzolagan edi. O'shanda uning yillik maoshi 13 million evroni (ayrim manbalarda qo'shimcha bonuslar bilan 16,6 mln evro) tashkil etgan va o'sha davrda butun dunyoda eng ko'p maosh oluvchi futbol murabbiyi bo'lgan.



