Fred jamoasini o'zgartirdi

14 avg 2026, 20:39
Braziliyaning "Atletiko Mineyro" klubi "Fenerbaxche" yarim himoyachisi Fred transferini rasman e'lon qildi.

33 yoshli futbolchi yangi klubi bilan 2029 yil oxiriga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

Avvalroq xabar qilinganidek, sobiq "Manchester Yunayted" va "Shaxtyor" futbolchisining transferi "Atletiko Mineyro"ga 2 million evro + 500 ming evro bonuslarga tushgan.

Fred 2018 yildan 2023 yilgacha "Manchester Yunayted" safida to'p surgan. Keyin esa faoliyatini Turkiyaning "Fenerbahche" klubida davom ettirgan edi.

Endi braziliyalik yarim himoyachi faoliyatini vatanida davom ettiradi.

O'xshash yangiliklar


Manba: atletico.com.br